Endilikda fuqarolarning taʼlim muassasalariga borishlariga hojat qolmadi.
Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi, ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Murojaat etilgan kundan boshlab oʻn ish kunida vakolatli organdan diplom dublikatini olib ketishi yoki fuqaro pochta xizmatidan foydalangan taqdirda oʻn besh ish kunida uning yashash manziliga yetkazib berilishi mumkin. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.