Joriy yilning 28-fevral kuni Zangiota tumani hududidan oʻtgan M39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlida yoʻlni belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan piyoda, shu hududda xizmat olib borayotgan YPX inspektori A.Oʻtamishovning eʼtiborini tortadi va piyodaga chora koʻrish maqsadida toʻxtatadi.

Planshet yordamida fuqaroning shaxsi tekshirilganda u – 1983-yilda tugʻilgan Fargʻona viloyatida yashagan fuqaro X.Z. ekanligi va Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (oʻgʻrilik) bilan ayblanib, 2021-yilning 31-dekabr kunida Fargʻona viloyati Margʻilon shahri IIB tomonidan qidiruv eʼlon qilinganligi aniqlandi.

Qidiruvdagi shaxsga nisbatan extiyot chorasi “Qamoq” boʻlganligi uchun fuqoro Zangiota tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.