Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida fuqaro Nariman Alimdjanov(dizayner Nariman Grigoryan)ni qasddan oʻldirganlikda ayblangan sudlanuvchi B.Burkitbayev (1996-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, oʻzbek, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.

2020-yil 14-avgustdagi sud hukmiga koʻra, B. Burkitbayev Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

B.Burkitbayevga uzil-kesil oʻtash uchun 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.