Dog'istonda vertolyot halokatga uchradi, oqibatda to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi

    Dog'istonda (Rossiya Federatsiyasi) vertolyot halokatida to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi. Uch kishi jarohatlandi, ularning ahvoli og'ir.

    Bu haqda Dog'iston sog'liqni saqlash vaziri Yaroslav Glazov ma'lum qildi, deb xabar berdi tass.ru.

    “KEMZ vertolyoti Achi-su aholi punkti yaqinida halokatga uchradi. To'rt kishi halok bo'ldi. Bir kishi o'ta og'ir ahvolda, ikki nafari og'ir ahvolda”, dedi agentlik manbasi.