Doimiy daromadga ega boʻlmagan oilalarga 302 million soʻmlik asbob-uskunalar olib berildi

    Ijtimoiy hayot 24 Fevral 2021 2089

    Imtiyozli kredit asosida 115 million soʻmga 4 nafar fuqaroga motoroller va 9 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari ajratildi.

    Nurobod tumanidagi doimiy daromadga ega boʻlmagan oilalar, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda ularga imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida tumandagi 240 ta doimiy daromadi yoʻq oilalar, ishsiz yoshlar va ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, ularning kasbiy koʻnikma va malakasiga qarab 11 turdagi 302 million soʻmlik asbob-uskunalar olib berildi.

    Shuningdek, tuman Agrobank filiali tomonidan imtiyozli kredit asosida 115 million soʻmga 4 nafar fuqaroga motoroller va 9 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari ajratildi.