Oʻzbekistonda 20-mart kuni yomgʻir yogʻadi

    Mamlakatimizda 18 Mart 2021 1809

    “Oʻzgidromet”ning xabar berishicha, 19−20-martda Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

    18−20-martda respublikaning baʼzi joylarida shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18−19-martda 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    20-martda respublika hududlarida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    20-martda havo harorati kechasi va kunduzi +10…+15 daraja boʻladi.