“Dok-1 Maks” ishi boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi

    Toshkent shahar sudida “Dok-1 maks ishi” bilan bogʻliq yakuniy sud majlisi boʻlib oʻtmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, mazkur ish doirasida farmatsevtika sohasida faoliyat olib borgan 23 nafar shaxs sud oldida javob berdi.

    Ular Hindistonda ishlab chiqarilgan, tarkibida zaharli moddalar boʻlgan “Dok-1 maks” siropi va boshqa dori vositalarini yurtimizga olib kirgan hamda dorilar tarkibini tekshirishga masʼul boʻlgan shaxslardir.

    Masʼul shaxslarning masʼuliyatsizligi ortidan mazkur dori vositalarini isteʼmol qilgan 86 nafar bola jabrlandi. Ulardan 68 nafari vafot etgan va 16 nafari ogʻir, 2 nafari yengil tan jarohati olgan.

    2022-yilning kuz oylarida yuz bergan mazkur noxush voqea ortidan Davlat xavfsizlik xizmati jinoyat ishi qoʻzgʻatib, tergov harakatlarini olib bordi.

    Sud majlisiga raislik qiluvchi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Muso Yusupov sud qarorini oʻqib eshittirmoqda.

    “Dok-1 Maks” ishi boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi.

    Hindiston fuqarosi, “Quramax Medisal” MCHJ direktori Singh Ragvendra Pratar 20-yil zodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U jazoni oʻtab boʻlgach, Hindistonga deportatsiya qilinadi.

    Shuningdek, Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyev 18-yil, uning oʻrinbosarlari boʻlgan Amirxon Azimov va Nodirbek Musayevga 16-yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.