Doktorlik dissertatsiyasini muddatdan avval himoya qilgan QarDU doktoranti 84 mln soʻm ragʻbatlantirish oldi

    Fan 20 Fevral 2021 3213

    Avaznazarov Odiljon Rahmatulloyevich 2020-yil yanvar oyida Oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha doktoranturaga qabul qilingan.

    U 2020-yilning dekabr oyida Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning yigʻilishida “Alisher Navoiy ijodida soqiy obrazi” mavzusidagi Oʻzbek adabiyoti ixtisosligi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini himoya qildi.

    Yosh olim oʻqish muddatidan 2 yil avval doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgani uchun 84 mln. soʻm miqdorida ragʻbatlantirildi.