Dollarning soʻmga nisbatan qiymati yana tushdi

    Markaziy bank 2025-yil 28-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.

    AQSH dollari 63,89 soʻmga tushib, 12 053,46 soʻm etib belgilandi.

    Yevro kursi 42,85 soʻmga tushdi va 14 026,61 soʻm boʻldi. Funt-sterling 16 085,34 soʻm (-57,39).

    Rossiya rubli 152,43 soʻm etib belgilandi (+2,94).

    Qozogʻiston tengesi 22,42 soʻm boʻldi (-0,10).