“Dolzarb 30 kun” tadbirlari davom etmoqda

    Respublikamiz boʻylab Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 30 kun” tadbirlari davom etmoqda. Navbadagi tadbir “Oʻzbekgidroenergo” AJ tarkibidagi “Toʻpolang GES”UKda tashkil etildi.

    Tadbir doirasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga bagʻishlangan maxsus-taktik mashgʻulotlari oʻtkazildi.

    Maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda Gidrotexnika obyektlarida favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda obyekt fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikdagi harakatlari mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqlari oʻtkazildi.

    Oʻquv mashqi davomida shartli ravishda sodir boʻlgan yongʻinni bartaraf etish, insonlarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish ishlari amalda bajarilib, ishtirokchilarning bilim va koʻnikmalari mustahkamlandi.

    Taktik mashgʻulotlar oʻz vaqtida va samarali bajarildi. Masʼullar xizmat vazifalarini ado etishda mustahkam bilim va mukammal amaliy koʻnikmalarni namoyish etdi.