“Afsuski, shuni ma'lum qilmoqchimanki, ayni paytda biz 184 kishini (halok bo'lgan) topdik”, dedi u.
Avvalroq 124 qurbon haqida xabar berilgan edi.
Dushanbaga o'tar kechasi Santo-Domingoda mashhur jonli musiqa tadbiriga mezbonlik qilayotgan paytda Jet Set tungi klubining tomi qisman qulab tushdi. Oxirgi rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, kamida 155 kishi jarohat olib shifoxonaga yetkazilgan. Jasadlarni chiqarib olish bosqichidan so'ng rasmiylar qulash sabablarini tekshirishni boshlashadi.
Prezident Luis Abinader fojia oqibatida ko'plab odamlar halok bo'lgani uchun 8-10-aprel kunlari uch kunlik milliy motam e'lon qilish to'g'risidagi farmonni imzoladi, deb xabar beradi ria.ru.