Tunnel devorining qulab tushishi oqibatida to'qqiz kishi halok bo'ldi. Jabrlanganlar mashinalarida qamalib qolgan. Rasmiylar mamlakatdagi barcha avtomagistrallarda harakatlanishni to'xtatdi. Minglab odamlar evakuatsiya qilindi.

Suv toshqini tufayli 29 ta aholi punkti bilan transport aloqalari uzildi. Hududlar elektr ta'minotisiz, ikki millionga yaqin odam ichimlik suvisiz qoldi. Ob-havo xavfining eng yuqori darajasi e'lon qilindi. Kommunal xizmat xodimlari infratuzilmalarni tozalash va tiklash ustida ishlamoqda, deb xabar beradi mir24.tv.