AQSh yetakchisi orolni sotib olish bo'yicha muzokaralarni darhol boshlashga chaqirdi, deb xabar berdi kommersant.ru.

“Men Grenlandiya va uning barcha mulk huquqlarini so'rayapman. Sizga tegishli bo'lmagan hududni himoya qilishning keragi yo'q”, dedi Amerika Prezidenti Davosdagi nutqida. “Bu ulkan, himoyasiz orol aslida Shimoliy Amerikaning bir qismi bo'lib, G'arbiy yarim sharning shimoliy chekkasida joylashgan. Bu bizning hududimiz”, deb ta'kidladi Tramp.

Uning so'zlariga ko'ra, AQSh NATOni yillar davomida qo'llab-quvvatlab, ittifoqning mudofaasini ta'minlab kelgan, garchi barcha ittifoq mamlakatlari bu maqsadlarga yetarli mablag' ajratmagan bo'lsa ham. Endi, dedi Tramp, Qo'shma Shtatlar faqat bitta narsani so'ramoqda: Grenlandiyani qo'lga kiritishni.