Donald Tramp koronavirusga chalindi

    Voqea-hodisalar 2 Oktabr 2020 1025

    AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya koronavirusga chalingan. Bu haqda Amerika Prezidenti Twitterda xabar bergan.

    “Bugun kechasi birinchi xonim va menda COVID-19 boʻyicha oʻtkazilgan testda musbat natijasida aniqlandi. Biz zudlik bilan karantin rejimiga oʻtamiz va tiklanib olamiz. Biz kasallikni birga yengamiz!” — deb yozgan Donald Tramp.

    AQSH Prezidentining davolovchi shifokori Shon Konli xabariga koʻra, “Prezident davolanish jarayonida oʻz vazifalarini tanaffussiz davom ettiryapti”.

    Avval janob Tramp rafiqasi bilan birgalikda test topshirgani haqida maʼlum qilgandi. Uning natijasi chiqqunga qadar Prezident oilasi karantinga ketgan. COVID-19 bilan, shuningdek Prezident maslahatchisi Xoup Xiks ham kasallangan. Bloomberg tarqatgan xabarga koʻra, Xiks xonim davlat rahbarini Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Djo Bayden bilan munozaralarga, shuningdek Minnesotadagi saylovchilar bilan uchrashuvga kuzatib borgan.

    Eslatib oʻtamiz, Prezident saylovi 3-noyabrga belgilangan.

    AQSHda pandemiya boshlangandan beri 7,3 millionta COVID-19 ga chalinish holati aniqlangan. 208 ming kishi nobud boʻlgan. Qoʻshma shtatlari infeksiya yuqtirish boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turibdi.