Donald Trampning g'alabasidan keyin Ilon Maskning boyligi 26 milliard dollarga oshdi

    Amerikalik milliarder Ilon Maskning boyligi uning Tesla kompaniyasi aktsiyalari o'sishi fonida 26,5 milliard dollarga (+10 foiz) oshdi, deb yozadi Bloomberg.

    Respublikachi Donald Trampning AQShdagi saylovlardagi g'alabasidan so'ng qimmatli qog'ozlar narxi 15 foizga oshib, har bir aktsiya uchun 289 dollarni tashkil qildi.

    Ilon Maskning umumiy boyligi 290 milliard dollarga yetdi, u Bloomberg milliarderlar indeksida birinchi o'rinni egalladi. Reytingda ikkinchi o'rinda Amazon asoschisi Jeff Bezos joylashdi, uning boyligi AQShdagi prezidentlik saylovlari fonida 3 foizga oshib, 228 milliard dollarga yetdi. Oracle bosh direktori Larri ellison (+5,4 foiz) va investor Uorren Baffet (+5,4 foiz) ham boyligi oshgan yetakchilar qatoridan joy oldi.

    Donald Tramp AQShdagi prezidentlik saylovlarida g'alaba qozondi va yanvar oyida prezidentlikka kirishadi. Ilon Mask uni saylov kampaniyasi davomida faol qo'llab-quvvatladi va uni moliyalashtirish uchun 119 million dollar ajratgandi, deb xabar beradi kommersant.ru.