Shuningdek, muallifning taʼkidlashicha, Donald Trampning maktabdan topshirilgan uy vazifalarini opasi Meriyenn bajarib kelgan, «boʻlgʻusi prezident Pensilvaniya universitetiga kirishga qaror qilganda esa imtihonlarni yaxshi topshirishi bilan nom qozongan Jo Shapiro ismli aqlli yigitning koʻmagidan foydalangan». Pul borasida hech qachon muammoga ega boʻlmagan Donald bu “koʻmak” uchun unga pul toʻlagan. Vaholanki, Tramp Pensilvaniya universiteti moliya maktabiga oʻzining “genialligi” evaziga oʻqishga kirganini takrorlab keladi.
Bundan tashqari, Trampning jiyani uni sotsiopat (odamlar huquqlarini inkor etuvchi, jamiyat meʼyorlariga rioya qilishni istamaydigan kishi) deb atagan va kalondimogʻlik hamda beadablikda ayblagan. Uning taʼkidlashicha, prezidentdagi bu yomon illatlar Trampning otasi – Fred Tramp bergan tarbiya natijasi hisoblanadi.
Taʼkidlanishicha, Trampning jiyani kitobda otasi oʻlimida oʻz amakisi Donald Trampni va bobosini ayblagan.
Prezidentning oʻzi hozircha jiyanining kitobiga hech qanday munosabat bildirmagan, biroq uning matbuot kotibi uni “yolgʻonlar toʻplanmasi” deb atagan.
“Bu negizida hech qanday haqiqat boʻlmagan ajablanarli va bemaʼni ayblovlardir”, deb izoh bergan kitobga Trampning matbuot kotibi Keyli Makinani.
Meri Tramp Donald Trampning akasi, 1981-yilda yurak xurujidan keyin vafot etgan Kichik Fred Trampning qizi hisoblanadi.
Taʼkidlab oʻtish joiz, avvalroq sud kitobning chop etilishini taqiqlagan, biroq hakamlik sudi bu qarorni bekor qilgan.