«Dong Feng pessenger« jarima maydonchasidan joy oldi

    AIT “Ipak yoʻli” banki Qarshi filiali javobgar S.Raximovaga nisbatan kredit va kredit foizlarini muddatidan oldin undirish va undiruvni garov mulkiga qaratishni soʻragan.

    Fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudiga daʼvogar AIT “Ipak yoʻli” banki Qarshi filialiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.

    Murojaatda javobgar S.Raximovaga nisbatan kredit va kredit foizlarini muddatidan oldin undirish va undiruvni garov mulkiga qaratishni soʻragan.

    Sud 2024-yil 27-apreldagi ajrimiga asosan bankning daʼvo arizasini qanoatlantirgan va qarzdorga tegishli “Dong Feng pessenger” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan taqiq qoʻyilgan.

    Byuroning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida mazkur avtotransport vositasi qarzdorning yashash uyidan topildi.

    Mashinani jarima maydonchasiga joylashtirish haqida aytilganda tabiiyki, qarzdorlar bunga norozilik va eʼtiroz bildirdi. Ammo har qanday holatda davlat ijrochilari oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari lozim va mazkur hujjat ijrosi taʼminlandi.