Darhaqiqat, qon — bu hayot, inson tirikligining asosidir. Uning qiymatini dunyoda hech bir narsa bilan taqqoslab boʻlmaydi.

Ayni kunlarda respublikamizning barcha hududlarida oʻtkazilayotgan donorlik aksiyalari ham ana shu hayot manbaiga muhtoj insonlarning hayotini saqlab qolsa ajab emas. Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmatining xabar berishicha, bu boradagi ishlarni jadallashtirish, fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun qon zahiralarini koʻpaytirish maqsadida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Respublika qon quyish markazi bilan doimiy hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Ezgulikning yorqin namunasi boʻlgan bu kabi tadbirlardan yana biri tashkil etildi.