Birinchi musobaqalar 2025-yilda boʻlib oʻtishi mumkinligi haqida New York Post nashri maʼlumot tarqatgandi.
Xabarga koʻra, ishtirokchilar turnir davomida dopingni halol va ochiq qabul qilishlari mumkin boʻlishi, oʻyinlar biologik va ozuqaviy qoʻshimchalarni tadqiq qiluvchi Enhansed Games kompaniyasi koʻmagida oʻtkazilishi rejalashtirilganligini maʼlum qildi.
Shuningdek, bunday oʻyinlarni yaratishdan maqsad davlatlardagi sport federatsiyalari va hukumatlariga bogʻliq boʻlmagan sportchilarni ixtiyoriy tanlash ekanligini taʼkidlagan. Bu masala boʻyicha tashkilotchilar Xalqaro olimpiya qoʻmitasi rahbari Tomas Bax bilan uchrashuv oʻtkazishini ham maʼlum qilgan. Shundan soʻng, ishtirok etish uchun 900 ga yaqin ariza topshirilgan.
Biroq, Xalqaro adolatli oʻyin qoʻmitasi, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi va Butunjahon antidoping agentligi doping isteʼmol qiladigan sportchilar uchun muqobil Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish gʻoyasiga qarshi chiqdi.
“Bu ishtirokchilarning sogʻligʻi uchun potensial halokatli xavf tugʻdiradi, chunki sportchilar va ularning hamkasblari muqarrar ravishda sogʻlom chegaralardan tashqariga chiqishga harakat qilishadi” — degan fikrni bildirgan.