“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida kompaniyaning Boshqaruv raisi lavozimiga Dustmuratov Mirzanozim Mirzabekovich saylandi.
Dusmuratov Mirzanozim Mirzabekovich 1956-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1979-yil Andijon davlat tibbiyot institutini tugatgan. Rossiyaning Markaziy protezlash va protezsozlik institutida aspiranturada tahsil olgan.
Ish faoliyatini Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot institutidan boshlagan.
Tibbiyot fanlari nomzodi, ortoped, travmatolog va protezist Dusmuratov Mirzanozim Mirzabekovich tayinlovga qadar “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni “tugatish komissiyasi” raisi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, bungacha kompaniya boshqaruv raisi lavozimini Umida Salixbayeva egallab kelayotgan edi.