Dori yoki tibbiy buyumlarni dorixonadan tashqarida sotganlik uchun javobgarlik bormi?

    Bilasizmi? 5 Avgust 2020 2517

    Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar va dorixonalarning filiallari orqali amalga oshiriladi.

    Dori vositalari yoki tibbiy buyumlar dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilinganda, mazkur huquqbuzarlikni sodir etishdagi qurollar va ashyolar musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda (hozirda 11.115.000 soʻmdan - 22.300.000 soʻmgacha) jarima solishga sabab boʻladi.

    Eslatib oʻtamiz, dori vositalarini chakana realizatsiya qilishga faqat farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarga ruxsat etiladi