Tadbirda fuqaro Sh.S. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, 100 quti “Geparen-belmed” va 600 quti “Kleksan” nomli dori vositalarini fuqaro D.ga 134,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.