Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqoltin tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.U. va boshqalar pandemiya sharoitida talab yuqori boʻlgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotib daromad orttirish maqsadida 121 dona “Remdesivir” nomli dori vositasini 6 800 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.M. va boshqalar 129 dona “COVIFOR” nomli dori vositasini 6 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.