Dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi

    Mazkur holat yuzasidan B.X. va I.U.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.X. va I.U.lar oldindan til biriktirib, pandemiya sharoitida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritib daromad orttirib qolish maqsadida, xaridor S.ga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “Lianhua Qingwen Jiaonang” nomli 1 200 quti dori vositasini har bir qutisini 86,1 ming soʻmdan hisoblab, 6 500 AQSH dollari va 37 mln. soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

    Mazkur holat yuzasidan B.X. va I.U.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.