Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan IIBB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.Yu. dori vositalarini dorixonadan tashqarida realizatsiya qilish maqsadida jami 7 300 quti “Heparin Sodium Injection” dori vositasini 15 417 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.