Dori vositasining yaroqlilik muddati oʻtgani yoki sifati buzilganini quyidagicha aniqlash mumkin:

Kapsula

Tashqi qobigʻining shakli oʻzgaradi. Rangi chaplanib ketadi. Bir-biriga yopishib qola boshlaydi.

Tabletka

Dastlabki rangini yoʻqotadi. Shakli oʻzgarib, uvalanib keta boshlaydi

Tomchi dori

Rangi toʻqlashib, xira tortadi. Tagida quyuq choʻkmalar hosil boʻladi. Hidi keskin oʻtkirlashadi

Surtma

Rangi xira tortadi. Laxta-laxta boʻlakka ajraladi.

Shamcha

Ustida yoriqlar paydo boʻladi. Dastlabki rangini yoʻqotadi. Shilimshiq moddaga oʻxshab qoladi, dnb maʼlumot bermoqda “Shifo info” gazetasi.