Dorixonalarga dori yetkazib beruvchi tadbirkor ayol firibgar boʻlib chiqdi

    U oʻzini dorixonalarga dori yetkazib beruvchi tadbirkor sifatida tanishtirib, agarda unga sarmoya kiritsa, berilgan pullarni dori savdosida aylantirib, koʻrilgan foydadan vaqtida berishini aytadi.

    Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi 33 yoshli (ayol) Ш.Г. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 9.000.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 33 yoshli (ayol) У.З. sodir etganligi aniqlangan.

    Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, (ayol) У.З. bilan «Telegram» messenjeri orqali tanishib, unga oʻzini dorixonalarga dori yetkazib beruvchi tadbirkor ekanligi, agarda unga sarmoya kiritsa, berilgan pullarni dori savdosida aylantirib, koʻrilgan foydadan vaqtida berishini aytib, aldov yoʻli bilan 9.000.000 miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazib olgandan soʻng bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, У.З.нинг sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.