“Doʻstlik” chegara bojxona posti vaqtincha yopiladi

    Shu yilning 6-noyabr kuni Andijon viloyati “Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali harakatlanuvchi yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatiladi.

    Davlat bojxona xizmatining maʼlum qilishicha,

    Qirgʻiz Respublikasining “Dostuk“ chegara bojxona postida axborot tizimlarida texnik taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan mazkur postga tutash Andijon viloyati bojxona boshqarmasining“Doʻstlik“ chegara bojxona posti orqali 2024-yil 6-noyabr kuni yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatiladi.

    Yengil avtotransport vositalari Andijondagi “Xonobod“ chegara bojxona posti orqali, yuk avtotransport vositalari esa Namangandagi “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti orqali harakatlanadi.