“Doʻstlik” posti orqali yuklar elektron navbat bilan oʻtkaziladi

    Raqamlashtirish 24 Iyun 2025 1091

    Qirgʻiziston bilan chegaradagi “Doʻstlik” nazorat-oʻtkazish punktida iyul oyidan elektron navbat tizimi joriy etiladi.

    Qirgʻiziston Bojxona xizmati raisining maʼlum qilishicha, endi chegarani kesib oʻtish uchun haydovchilar oʻziga qulay vaqtni tanlab, mobil telefon orqali elektron navbatga tura oladi.

    Bunday tizim dastlab Qizil-Qiyadagi nazorat-oʻtkazish punktida sinov tariqasida joriy etilgan boʻlib, loyiha yaxshi natijalarni koʻrsatgan, nazorat-oʻtkazish punktining oʻtkazish qobiliyati bir necha barobar oshgan.

    Qirgʻiziston Bojxona xizmati raisining qoʻshimcha qilishicha, keyinchalik mazkur loyiha barcha nazorat-oʻtkazish punktlarida kengaytiriladi. Hozirda qirgʻiz-qozoq chegarasida elektron navbatni joriy etish masalasi ishlab chiqilmoqda.

    Maʼlumot uchun, “Doʻstlik” nazorat-oʻtkazish punkti eng gavjumlaridan biri hisoblanib, u Oʻsh viloyatida, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarasida joylashgan.