“Paxtakor” klubi hujumkor yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov ijara asosda Qatarning “As-Sayliya” klubiga o'tmoqda. Shu bois Hamdamov hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida Dohaga yo'l oldi va  bir necha kun davomida milliy jamoa mashg'ulotlarida qatnasha olmaydi. 

22 yanvar kuni Qatar chempionatida “As-Sailiya” navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi va Dostonbek ushbu o'yindan so'ng milliy terma yig'iniga qaytishi mumkin”,  deyiladi O'FA xabarida.

Dostonbek bungacha Rossiyaning “Anji” va BAAning “An-Nasr” klublarida legioner sifatida o'ynagan.