Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 13-dekabr soat 19:00 dan 14-dekabr soat 9:00 ga qadar A-373 “Toshkent — Oʻsh” avtomobil yoʻlining 258, 259 va 265 kilometr hududlarida jami 3 ta holatda 13 ta turli rusumdagi avtotransport vositalarining muzlama yoʻllarda boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻl-transport hodisalari sodir etilgan.

Voqea joyiga FVV “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari zudlik bilan yetib borib, YTH oqibatlarini bartaraf etgan.

Yuzaga kelgan vaziyatlarda tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.