Mazkur boks kechasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi (katta sportda “BEK BULLY” – tilla bola nomi bilan tanilgan) leytenant Bektemir Meliqoʻziyev rossiyalik tajribali bokschi Sergey Ekimovga qarsh jang olib bordi. 8 raunddan iborat boʻigan yshbu jangda ofitserimiz raqibi ustidan katta ustunlik bilan chiroyli gʻalabaga erishdi.
Ushbu erishilgan yorqin gʻalaba orqali leytenant Bektemir Melikuziyev oʻzining professional boksdagi reyting oʻrinini yaxshilab oldi.









