Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, mazkur qurilmalarni faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida koʻzda tutilgan hollarda ayrim tashkilotlar tomonidan olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berilgan.

Shunga qaramay, jismoniy shaxslar tomonidan bu turdagi qurilmalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga urinishlar koʻzga tashlanmoqda. Ana shunday holat Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Samarqand aeroporti” chegara bojxona postida aniqlandi.

“Domodedovo-Samarqand” yoʻnalishi boʻyicha Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro B.Sh. bojxona nazoratidan “yashil” yoʻlak orqali oʻtar ekan, uning bezovtalanishi bojxona xodimlari eʼtiborini tortdi.

Oʻtkazilgan tekshiruv davomida, unga tegishli boʻlgan qoʻl yuklari orasida bojxona xodimlarining ogʻzaki soʻrovi paytida maʼlum qilinmagan, 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi yashirilganligi fosh boʻldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.