DTM 206,4 ball yigʻib, OTMga kirolmagan abituriyent boʻyicha izoh berdi

    Ta'lim 26 Sentabr 2020 4936

    Ijtimoiy tarmoqlarda bir abituriyentning javoblar varaqasi ilova qilingan holda, 206,4 ball bilan ham talabalikka tavsiya etilmagan degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

    Davlat test markazi mazkur holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, mazkur abituriyent Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga topshirib, “Bojxona ishi” taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etilgan. Shuning uchun ushbu abituriyent davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmagan va talabalikka tavsiya etilmagan.

    “Hozirda abituriyentlarning shaxsiy kabinetlarida aks etayotgan maʼlumotlar davlat oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrinli boʻlib, oliy harbiy taʼlim muassasalariga talabalikka tavsiya etilganlik boʻyicha maʼlumotlar koʻrsatilmagan, chunki oliy harbiy taʼlim muassasalari uchun tanlovni Davlat test markazi amalga oshirmaydi”, deyiladi DTM xabarida.

    Markazning qoʻshimcha qilishicha, 189 yoki undan yuqori ball toʻplagan holda talabalikka tavsiya etilmagan holatlar mavjud emas.