DTM kirish imtihonlarini oʻtkazish rejalari haqida maʼlumot berdi

    Ta'lim 3 Iyul 2021 3970

    Imtihonlarga tayyorgarlik ikkita ssenariy boʻyicha amalga oshishi mumkin.

    Birinchisi — Maxsus komissiya pandemiya sabab testlarni yopiq binolarda oʻtkazishni taqiqlasa, imtihonlarni ochiq maydonlarda tashkil etish. Hozirda 65 ta ochiq maydon va stadionlarda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

    Ikkinchi ssenariy boʻyicha esa keng sigʻimli yopiq binolar tayyorlanyapti. Davlat test markazi hisob-kitobiga koʻra, 10-iyulga qadar 96 ta bino tayyor boʻlishi kerak.

    Shuningdek, kuzatuv kameralari soni oshiriladi va onlayn-translyatsiya uchun kameralar oʻrnatiladi. Bundan tashqari, har bir guruhga ovoz yozishga qodir statsionar va 360 daraja burila oladigan kameralar oʻrnatiladi.