Bu yoʻlda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni esa dasturi amal boʻlib xizmat qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi bayoniga muvofiq, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, Oʻzbekiston aholisini sogʻlom turmush tarziga, shu jumladan oʻsib kelayotgan avlodni triatlon kabi sportning faol turlariga jalb qilish maqsadida joriy yilning 18-aprel kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Anhor-lokomotiv” parki va Transport vazirligi hududida va uning atrofidagi hududda, duatlon boʻyicha havaskorlar va professionallar oʻrtasida Oʻzbekiston ochiq kubogining birinchi bosqichini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligida ushbu musobaqani yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va hal qilinishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni ishchi guruh raisi sifatida jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov olib bordi.
Shuningdek, yigʻilishda turli vazirlik va idoralar xodimlari hamda Oʻzbekiston Triatlon federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etdi.
Unda boʻlajak musobaqaga har galgidan ham yuqori va sifatli tayyorgarlik koʻrish har bir yoʻnalish boʻyicha yaʼni yoʻl harakati hajvsizligi, tibbiyot va boshqa sohalar boʻyicha ham mutasaddilariga topshiriqlar berildi. Yigʻilish yakunida ishchi guruh vakillari ushbu musobaqani bir yoqadan bosh chiqargan holda, hamjihatlik bilan oʻtkazishga kelishib olishdi.