Hozir Dubayda suv qumdan ham ko'p. Avtomobillar suvda suzyapti. Taksi narxi besh baravar oshdi. Mahalliy aeroport samolyotlarning kelishini to'xtatdi, ko'plab reyslar bekor qilindi yoki kechiktirildi. Uchish-qo'nish yo'laklari suv ostida qoldi.
Dubay metrosi ham suv ostida qoldi. Shahar ob-havo xavfining “to'q sariq” darajasini e'lon qildi. Milliy favqulodda vaziyatlar agentligi aholini uyda qolishga chaqirdi.
Bu holat butun mamlakat bo'ylab kuzatilmoqda: futbol o'yinlari bekor qilindi, ta'lim muassasalari yopildi, ishchilar va davlat xizmatchilari masofadan ishlashga o'tdi.
Hammasi bir kun avval qo'shni Ummonda boshlandi. Kuchli yomg'ir suv toshqiniga sabab bo'ldi. Kamida 17 kishi hayotdan ko'z yumdi. Meteorologlar mintaqa uchun g'ayritabiiy ob-havo chorshanba kuni ham davom etishi haqida ogohlantirmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.