Musobaqadan ko‘zlangan maqsad Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ular orasida shaxmatni ommalashtirish, O‘zbekistonning boy ilmiy va maʼnaviy merosi, madaniyati va anʼanalarini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Xalqaro turnirda O‘zbekiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Hindiston, Pokiston, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, rosiiya hamda Afrika davlatlaridan 100 ga yaqin yosh havaskor shaxmatchilar qatnashdi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Musobaqa yakunlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.