Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan ayolda biologik oʻlim holati qayd etildi

    Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov xabar berdi.

    Olingan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashagan 1986-yilda tugʻilgan ayol Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelib, sogʻligi yomonlashganligi sababli, Chilonzor tumanida joylashgan RSHTYOIMga olib kelingan.

    Tibbiy reanimatsion muolajalarga qaramasdan, ayolda biologik oʻlim holati qayd etilgan.

    Marhumaning oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan ayolning vafot etgani haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilgan edi.