Musobaqa homiysi Gravity kompaniyasi bo'lib, bitta jetpaketning narxi o'rtacha 400 ming dollarni tashkil etdi. Shuning uchun ishtirokchilar soni cheklangan edi va poyganing o'zi unchalik qiziqarli bo'lmadi, boisi hech kim uskunaga yoki sog'lig'iga zarar yetkazishni xohlamadi.
Uskunaning og'irligi 26 kilogramm bo'lib, uchuvchiga 15 litr yonilg'i solingan idish osilgan. Afsuski, bu atigi 9 daqiqalik parvoz uchun kifoya qiladi, shuning uchun havodagi ajabtovur xatti-harakatlar bilan ajoyib shou ko'rsatish haqida gapirishning hojati yo'q. Musobaqa ishtirokchilari bir-birlari bilan bellashishga urinmay, shunchaki, yo'nalishni belgilab beruvchi 5 metrlik puflanadigan ustunlar bo'ylab parvoz qilishdi, deb xabar beradi techcult.ru.