Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochildi

    BAAning Dubay shahridagi Ciel Dubai Marina mehmonxonasi o'zining ilk mehmonlarini kutib oldi. The National nashrining xabar berishicha, u rasman dunyodagi eng baland mehmonxona deb topildi.

    Yangi mehmonxonaning balandligi 377 metrni tashkil etadi, bu avvalgi rekordchi, Dubayda joylashgan Gevora mehmonxonasidan ham baland.

    Yangi gigant inshoot 82 qavat va 1004 xonaga ega. Ciel Dubai Marina, shuningdek, dunyodagi eng baland panoramali basseyn bilan yana bir jahon rekordini o'rnatdi. Tattu Sky basseyni 76-qavatda, 310 metr balandlikda joylashgan.

    Ciel Dubai Marina IHG Hotels & Resortsga tegishli bo'lgan Vignette Collection brendi ostida The First Group Hospitality tomonidan boshqariladi.

    Oktabr oyida Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida joylashgan Osiyo restoranlar tarmog'ining birinchi xalqaro filiali bo'lgan Tattu Dubai mehmonxonaning 74-qavatida ochildi. Restoran shuningdek, 81-qavatda shaharning panoramali manzaralarini taqdim etuvchi Tattu Sky Lounge & Terrace launjini ham boshqaradi, deb xabar berdi eadaily.com.