Musobaqa O‘zbekiston davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi. Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad Amirliklarda istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlarimiz va xorijiy ishtirokchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, shaxmatni intellektual sport turi sifatida ommalashtirish, vatandoshlar bilan o‘zaro aloqalarni yana-da mustahkamlash, o‘zbek tili, madaniyati va anʼanalarini keng targ‘ib qilish bilan izohlanadi.
Turnirda O‘zbekiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Hindiston, Pokiston, Germaniya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afrika davlatlaridan 100 nafarga yaqin havaskor shaxmat ustalari o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa yakunlari bo‘yicha g‘oliblarga va yosh aql gimnastikasi ustalariga diplom va esdalik savg‘alari topshirildi.