Dubayda taniqli o‘zbek rassomining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

    «Andakulova Gallery» galereyasi 2023 yil 23 fevraldan 20 aprelgacha taniqli o‘zbek rassomining «Kelajak xotirasi» mavzusidagi asarlar ko‘rgazmasini taqdim etadi», deb yozadi jurnal.

    Birlashgan Arab Amirliklarining ommabop «Araviyskiy jurnal» nashrida Dubayda taniqli o‘zbek rassomi Javlon Umarbekov asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tayotgani haqidagi maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

    Unda qayd etishicha, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ukraina Badiiy akademiyalari aʼzosi, O‘zbekiston xalq rassomi Javlon Umarbekovning asarlari vatandoshimiz Natalya Andaqulova tomonidan asos solingan Dubaydagi «Andakulova Gallery» sanʼat galereyasida namoyish etilmoqda.

    «Andakulova Gallery» galereyasi 2023-yil 23-fevraldan 20 aprelgacha taniqli o‘zbek rassomining «Kelajak xotirasi» mavzusidagi asarlar ko‘rgazmasini taqdim etadi», deb yozadi jurnal.

    Maqolada taʼkidlanganidek, N. Andaqulova galereyasi Markaziy Osiyo madaniyatini aks ettiruvchi Yaqin Sharqdagi yagona galereya sifatida eʼtirof qozongan.