Premyera mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Rossiya va Hindiston diplomatiya vakolatxonalari hamda loyiha moderatori, hindistonlik biznesmen, madaniyat arbobi Shuvra Chakraborti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Hujjatli film taqdimotida BAAda akreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari, jumladan, Hindiston, Qozogʻiston, Rossiya, Belarus va boshqa davlatlar konsullik idoralari xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Film namoyishi avvalida Oʻzbekiston Bosh konsuli Alisher Salomov madaniyat dunyo xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va birdamlikni mustahkamlashda asosiy omillardan biri ekanini taʼkidladi.

Filmda qoʻshiqning yaratilishi, “Yalla” guruhining ijodiy faoliyati va ushbu musiqiy kompozitsiyani yaratishda turli xalqlar vakillarining oʻzaro smarali hamkorligi haqida hikoya qilingan.