Qayd etilishicha, mamlakatimizning BAAdagi diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan ushbu holatlarni hal qilish maqsadida faol choralar koʻrilmoqda. Diplomatlarimiz doimiy ravishda vaziyatni monitoring qilib, BAAning immigratsion va boshqa tegishli idoralari vakillari bilan uzluksiz muzokaralar olib bormoqda.
Ushbu muzokaralar fuqarolarimizning mamlakat hududiga imkon qadar tezroq va muammosiz kirishini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, masalani joyida hal qilish uchun barcha saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, aeroportlarda yuzaga kelayotgan kechikishlar va tekshiruvlarning sabablari aniqlanmoqda, bu esa masalaning kelib chiqish ildizlarini tushunish va kelajakda bunday holatlarni oldini olishga yordam beradi.
Fuqarolarimizga imkon qadar qulaylik yaratish maqsadida Abu-Dabi shahridagi Elchixonamiz va Dubay shahridagi Bosh konsulxonamiz vakillari doimiy ravishda mahalliy aeroportlarda boʻlib, hamyurtlarimizga koʻmak berishmoqda.









