Sertifikat (Certificate for the export of sprouts or seeds intended for the production of sprouts for human consumption) isteʼmol maqsadlarida undirilgan yoki undirishga moʻljallangan urugʻlar eksporti uchun beriladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi taqiqlanmagan urugʻlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Urugʻlarni sertifikatlashtirish ishlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Nizom quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:
- urugʻlarni yetishtirish, tozalash, zararsizlantirish tartibi va ularni sertifikatlashtirish shartlari;
- Agentlikning avtomatlashtirilgan tizimi orqali ariza berish va uni
koʻrib chiqish tartibi;
- rasmiylashtirilgan sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 15-apreldan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.