Vengriya hukumati rahbari Viktor Orban payshanba kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida mamlakatda yuqori suv sathi bilan bog'liq vaziyat og'irligicha qolayotganini aytdi.
Vengriya meteorologlari yaqin kunlarda mamlakatda kuchli yomg'ir kutilmasligini taxmin qilmoqda. Daryolar sathi keyingi haftaning o'rtalariga qadar pasayishda davom etadi.
Vengriya va Markaziy Yevropaning bir qator boshqa mamlakatlarida suv toshqinlari bilan bog'liq muammo o'tgan haftadan buyon davom etmoqda. Mintaqaga “Boris” sikloni yopirilib, kuchli yomg'ir yog'ishiga, suv toshqiniga sabab bo'lgan edi, deb xabar beradi report.az.