Dunyo aholisi 8 milliarddan oshdi

    Countrymeters sayti ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisi 8 milliarddan ortiq kishini tashkil qilmoqda.

    1,4 milliard odam Xitoyga (18,1 foiz) to'g'ri kelayotgan bo'lsa, Hindiston ham deyarli bir xil ko'rsatkichga (17,7 foiz) ega. Aholi soni bo'yicha uchinchi o'rinda AQSH – 336 million kishi (4,2 foiz).

    Aytilishicha, birinchi milliard aholi 1804 yilda qayd etilgan. 1987 yilga kelib bu ko'rsatkich 5 milliardga etdi.1999 yilda dunyo aholisi 6 milliardga, 2011 yilda esa 7 milliardga etgan edi.