Dunyo aholisi qanchaga oshdi?

    Yer aholisi soni 8 milliard kishiga yetdi, deb xabar berdi BMT matbuot xizmati 15-noyabr, seshanba kuni jahon tashkiloti hisob-kitoblariga tayanib.

    Sayyora aholisi soni 15-noyabrda ushbu bosqichni bosib o'tishi haqidagi prognoz iyul oyida e'lon qilingan “2022-yilgi jahon aholisining istiqbollari” hisobotida keltirilgan. Worldometers.info statistik veb-saytidagi onlayn hisoblagichga ko'ra, dunyo aholisi 8 milliarddan oshgan.

    2011-yilda dunyo aholisi 7 milliardga yetgandi. Shunday qilib, yana bir milliard aholining ko'payishi 12 yildan kamroq vaqt ichida sodir bo'ldi.

    BMT prognozlariga ko'ra, dunyo aholisining ko'payishi davom etadi, ammo sur'at biroz sekinlashadi. 2030-yilda u 8,5 milliardga, ​​2037-yilda 9 milliardga, ​​2050-yilda esa 9,7 milliardga yetishi mumkin.