Musobaqada Oʻzbekiston, Rossiya, Ukraina, Belarus, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 12ta mamlakatdan qariyb 400 nafarga yaqin zabardast pahlavonlar gʻoliblik uchun bahs olib borishadi. Bugun bellashuvlar oʻtkazilayotgan arenada turnirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, Turizm va sport vazirining oʻrinbosari Avaz Karimov, Yevropa hamda Rossiya Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasining prezidenti Vasiliy Grishenko, ushbu sport turida jahonning taniqli atletlaridan biri Mixail Koklyayev va keng sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi.

30-aprelga qadar davom etadigan musobaqada sportchilar bir-biridan qiziqarli turli mashgʻulotlar boʻyicha bahs olib borishadi. Shubhasiz, uning oʻtishi yurtimizda bahodirlar oʻyinini kabi qiziqarli sportnig targʻibotida muhim rol oʻynaydi.